Жаңалықлар

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 2-Aleli saylov okrugidan saylangan deputat Zilola Shomurodova hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi Raxmat Murodovlar hududda yashovchi nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyoz va yengilliklarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ajratilgan ijtimoiy yordam, tibbiy xizmatlar, reabilitatsiya vositalari, kommunal to‘lovlar bo‘yicha yengilliklar hamda boshqa qonuniy imtiyozlardan foydalanish holati tahlil qilindi. Shuningdek, ayrim fuqarolarning murojaatlari eshitilib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tibor markazida ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3