✔️Plenumda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlari, partiyaning deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etdilar.
💬Plenum davomida Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhining 2025-yildagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, deputatlar tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, saylovchilar bilan uchrashuvlar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning yechimini ta’minlash borasidagi ishlar muhokama etildi.
✍️Shuningdek, deputatlik guruhi tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, kommunal soha, ekologiya, yoshlar va xotin-qizlar masalalari yuzasidan amalga oshirilgan deputatlik nazorati tadbirlari, tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari hamda doimiy komissiyalar bilan hamkorlikdagi faoliyat natijalari yuzasidan hisobotlar tinglandi.
✔️Plenumda deputatlik guruhining Kengashdagi o‘rni va roli alohida ta’kidlanib, hududlarni rivojlantirish, aholi manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlash hamda partiya dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishdagi mas’uliyati muhokama qilindi.
✔️Bundan tashqari, 2026-yilda deputatlik guruhi faoliyatini yanada kuchaytirish, saylovchilar bilan ochiq muloqotlarni kengaytirish, mahallalarda tizimli o‘rganishlar olib borish, ijro intizomi va deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.