🌿 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalar bilan yaqindan tanishmoqda.
🔹 Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Raximjonov,
🔹 Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh. To‘raqulova
hamda
🔹 kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov
Xonobod mahallasi hududida bo‘lib, aholi bandligini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va investitsiya loyihalarining amalga oshirilish jarayonlarini o‘rgandilar.
📌 O‘rganish davomida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda fuqarolar daromadini oshirishga xizmat qiluvchi istiqbolli loyihalar yuzasidan fikr almashildi.