Жаңалықлар

Mahallalarda pilla yetishtirish jarayoni o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N.Toshmatov mahallalardagi xonadonlarda pilla yetishtirish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida u aholi tomonidan ipak qurti parvarishi uchun yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalarni ko‘zdan kechirdi. Shu bilan birga, xonadon egalari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi.

Deputat tomonidan pilla yetishtirish samaradorligini oshirish, sohani yanada rivojlantirish hamda aholi daromadlarini ko‘paytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4