Жаңалықлар

Uyas mahallasida ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokamada

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili Z. Esirgapova Uyas mahallasida aholi bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynayotgan dolzarb masalalar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan taklif va tashabbuslar ilgari surildi. Har bir murojaat e’tibor markazida bo‘lib, amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar — xalq bilan muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish va ishonchni yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4