Yig‘ilishda tuman budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish hamda qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga olganlar tomonidan to‘lovlarni hisobga olish va undirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mas’ul tashkilotlar — Iqtisodiyot va moliya bo‘limi, soliq inspeksiyasi hamda kadastrlar palatasi rahbarlarining hisobotlari tinglanib, mavjud holat va ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yakunda budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlash hamda yer munosabatlarida shaffoflikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.