Жаңалықлар

Hamkorlik va muloqot — muhim masalalar yechimi yo‘lida

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tumanda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiya rahbarlari ishtirokida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida:
🔹 kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar
🔹 aholi uchun dolzarb bo‘lgan masalalar
🔹 hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligi
🔹 deputatlar va partiyalarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

💬 Suhbat jarayonida har bir siyosiy partiyaning hududdagi faolligi, aholi murojaatlari bilan ishlash, yoshlar, ijtimoiy himoya va obodonlashtirish yo‘nalishidagi vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

⚡️ Shuningdek, aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga amaliy yechim topishda deputatlik korpusi hamda siyosiy partiyalar o‘rtasidagi hamjihatlik muhim ekanligi ta’kidlandi.

Bunday muloqot va hamkorlik uchrashuvlari — hududni rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda Kengash faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3