Жаңалықлар

Olmazor tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

📍 Olmazor tumanida obodonlashtirish masalasi deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Olmazor tumani 10-Chuqursoy okrugidagi “Paxta” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi, faollar hamda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida hududda bahoriy mavsumda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

🔎 Mazkur murojaatlar asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saydimurad Ismailov tomonidan Olmazor tumani hokimligiga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

📝 Jumladan, “Paxta” mahallasining Noraztepa ko‘chasidagi ayrim daraxt va butalar parvarishga muhtoj ekani, ularning shoxlari tartibsiz o‘sib ketgani sabab elektr simyog‘ochlariga tegib qolayotgani qayd etildi.

📂 Shuningdek, hududda daraxtlarga estetik shakl berish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, yashil hududlarni saqlash, sug‘orish tizimlariga e’tibor qaratish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda umumiy tozalash ishlarida amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli o‘rganish o‘tkazilib, amalga oshiriladigan ishlar hamda natijalari bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)

Slide 1 of 1