Kengashning 12 – 16-may kunlari uchun mo‘ljallangan haftalik ish rejasiga muvofiq “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida dastlabki tarzda quyidagi tumanda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
So‘ngra komissiya hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari ushbu masala yuzasidan o‘zlarining zarur taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tishdi.
Mazkur masalani navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish belgilab olindi hamda doimiy komissiyaning masala yuzasidan tegishli qarori tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi