Жаңалықлар

Chinoz tumani.O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 10-Birlashgan saylov okrugi deputati Davron Teshaboyev tomonidan, tumanning chegara hududida joylashgan “Dehqonobod” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 10-Birlashgan saylov okrugi deputati Davron Teshaboyev tomonidan, tumanning chegara hududida joylashgan “Dehqonobod” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.

♻️Mazkur yig‘ilish davomida Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh hududlarda qonunbuzilish holatlarining oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda chegaraoldi hududlarida xavfsizlik va tartib-intizomni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

❇️Yig'ilishda mahalla faollari, mutasaddi tashkilot vakillari hamda fuqarolar ishtirok etib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, aholiga amaldagi qonunchilik talablari, chegara hududlarida harakatlanish qoidalari hamda huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Slide 1 of 3