Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
🔰Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining ish rejasiga asosan, “Adolat” SDP partiyasidan 14-Navroʻz saylov okrugidan saylangan deputat N.Abdukadirova nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilnoza Ulugʻbekova, tumandagi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada bepul beriladigan dori vositalari bilan taʼminlash holati oʻrganildi.
📝Oʻrganish jarayonida aholiga bepul tarqatiladigan dori vositalarining mavjudligi, ularni saqlash sharoitlari hamda hisob-kitob va tarqatish hujjatlarining yuritilishi koʻzdan kechirildi. Shuningdek, dori vositalarining belgilangan tartib asosida fuqarolarga yetkazib berilishi, tegishli qayd daftarlarining yuritilishi va masʼul xodimlarning faoliyati tahlil qilindi.
✅O'rganish davomida dori vositalari uchun ajratilgan maxsus javonlar va saqlash xonalari holati oʻrganilib, roʻyxatlar va qayd daftarlari tekshirilib, amaldagi tartib-qoidalarga rioya etilishi yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.