Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 18-Sutbuloq okrugidan saylangan deputat Abduvohid Turdiboyev nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Dilnoza Ulug‘bekova Kengash ish rejasiga muvofiq, tumandagi Markaziy kutubxonada bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📝 O‘rganish davomida kutubxona fondida jami 62 234 nusxadagi adabiyotlar mavjudligi aniqlandi.
📖 Shundan 42 mingdan ortig‘i badiiy adabiyotlar bo‘lib,
📘 qolgan qismi turli sohalarga oid adabiyotlardan iborat.
👩💼 Shuningdek, kutubxona faoliyatida 15 nafar xodim samarali mehnat qilayotgani qayd etildi.
📊 Mazkur o‘rganish natijasida kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda kitobxonlar sonini ko‘paytirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.