Жаңалықлар

Esaboy MFYdagi 43-son maktabda rekonstruksiya ishlari nazoratda

✍️PQ-393 sonli qaror asosida tumanimizda bir qator ijtimoiy obyektlarni yangilash va qo‘shimcha binolar qurish ishlari jadal olib borilmoqda.

✅Jumladan, Esaboy MFY hududida joylashgan 43-son maktabni rekonstruksiya qilish hamda 240 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi qurish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi.

🏢O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, sifat darajasi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Mutasaddilarga ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

📈Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim sharoitlari yaratilishi kutilmoqda.

Slide 1 of 3