Жаңалықлар

Beklar mahallasida infratuzilma masalalari muhokama qilindi

✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi V. Ro‘ziyev Beklar mahallasida bo‘lib, mahalla raisi G‘. Umbarov bilan suhbatlashdi.

🛣Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, hudud infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️Xususan, mahallada elektr tarmoqlari uchun beton ustunlarga ehtiyoj borligi hamda 4 ta ko‘chani shag‘allashtirish zarurligi qayd etildi.

✍️Mazkur masalalarni hal etish orqali aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda hudud obodonligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3