Жаңалықлар

Aholi tashabbusi – amaliy qo‘llab-quvvatlash zarur!

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan 2026-yil 22-aprel kuni 108-ds-487-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborildi.

📈Mazkur so‘rov Gulobod mahalla aholisi tomonidan o‘z mablag‘i hisobidan barpo etilgan suv bashnyasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yo‘llandi.

📈Ushbu tashabbus aholi ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

📈Biroq hozirgi kunda mazkur suv bashnyasini markaziy suv ta’minoti tarmog‘iga ulash hamda aholi xonadonlariga suv hisoblagichini o‘rnatish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.

📈Ushbu muammo hal etilmaguncha, yaratilgan infratuzilmadan foydalanish imkoniyati cheklanmoqda.

📈Shu munosabat bilan deputat tomonidan:
— suv bashnyasini markaziy tarmoqqa ulash choralarini ko‘rish;
— aholi xonadonlariga suv hisoblagichlarini o‘rnatishda amaliy ko‘mak berish;
— zarur texnik va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish
bo‘yicha tegishli yordam ko‘rsatish so‘raldi.

Slide 1 of 1