“Karmaki” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tuman Kengashiga 21-Karmaki saylov okrugidan saylangan deputat B.Mo‘minov hududidagi “Karmaki” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va yuritilayotgan hujjatlar bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy masalalar hamda hujjatlar yuritilishi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda aholiga qulay sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar va fikr-mulohazalar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Mamarajabov