Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI NILUFAR IRGASHEVANING MUASSASADA UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI NILUFAR IRGASHEVANING MUASSASADA UCHRASHUVI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna joriy yilning 7-may kuni 4-son jazoni ijro etish muassasasida bo‘lib, muassasada saqlanayotgan mahkumlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida inson qadri, qonun ustuvorligi hamda mahkumlarni jamiyatga moslashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr almashildi. Shuningdek, mahkumlarning murojaatlari, yashash sharoitlari, bandligini ta’minlash hamda kasb-hunarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan mahkumlar bilan ochiq muloqot olib borilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Bildirilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, mahkumlarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, ularni jamiyatga qayta moslashtirish hamda ma’naviy jihatdan rag‘batlantirish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 8