Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan Mustaqillik mahallasi raisi hamda hokim yordamchisi ishtirokida hududdagi mavjud muammolar yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

🔷Uchrashuv davomida mahalla infratuzilmasi va aholi uchun yaratilgan sharoitlar muhokama qilinib, tomorqalardan samarali foydalanish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Xususan, mahallaga o‘rnatilgan oqar suv ariqlari (lotok) orqali sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, bugungi kunda ariqlarning ulangan qismlarida nosozliklar yuzaga kelib, suv sizib chiqayotgani aniqlandi.

🔷Mazkur muammo yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 3