Ma’lumki, kuni kecha Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev huzurida ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish va tadbirkorlardan kelib tushgan muammoli masalalar tahliliga bag‘ishlangan muhim taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Mazkur taqdimot yuzasidan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.Ro‘ziboyev o‘z munosabatini bildirdi: "Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan
asosiy g‘oya — tadbirkorning muammosiga befarq bo‘lmaslik, har bir korxonaning oyoqqa turib olishiga ko‘maklashishdir. Urganch shahrida ham sanoat
korxonalarining quvvatini oshirish, ularni xomashyo va energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash borasidagi topshiriqlar biz, deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi."
"Taqdimotda tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan muammolarning chuqur tahlil qilingani, ayniqsa, soliq, kredit va infratuzilma bilan bog‘liq masalalarga yechim topish bo‘yicha yangi mexanizmlarning taklif etilishi soha vakillari uchun katta imkoniyatdir. Biz shahar Kengashi deputatlari bilan birgalikda har bir mahalladagi tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashib, ularning faoliyatidagi to‘siqlarni bartaraf etishga bor kuchimizni safarbar etamiz."
"Korxonalarning barqaror ishlashi — bu yangi ish o‘rinlari va aholi daromadi deganidir. Urganch shahridagi kichik sanoat zonalari va xususiy korxonalar faoliyatini qayta tiklash, ularning eksport salohiyatini oshirish eng ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
Xulosa o‘rnida deputat P.Ro‘ziboyev o‘z munosabatida ta’kidlaganidek, Davlat rahbarining topshiriqlari asosida Urganch shahrida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha "deputatlik nazorati" kuchaytiriladi. Maqsad bitta — shahrimizni yuqori texnologik ishlab chiqarish markaziga aylantirish va har bir fuqaroning bandligini ta’minlash.