Жаңалықлар

XOTIRA — MUQADDAS, QADR — ABADIY

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab 9-may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Ushbu qutlug‘
ayyom munosabati bilan Xalq
deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Baltayev shahar miqyosida o‘tkazilgan bayram tadbirlarida ishtirok etdi. 

Deputat tadbir davomida nuroniy otaxonlar va onaxonlarimiz, front orti mehnat faxriylari holidan xabar oldi. 

"Bugungi tinch va osuda kunlarimiz uchun jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, keksalarimizni e’zozlash biz uchun ham qarz, ham farzdir," — deya ta’kidladi R.Baltayev o‘z nutqida. 

Tadbir doirasida mahalladagi ehtiyojmand oilalar va faxriylarga sovg‘alar ulashilib, ularga alohida ehtirom ko‘rsatildi. 

Xotira bor ekan – millat barhayot, qadr bor ekan – xalq aziz!