Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashida Kengash raisi B.Vafoyev boshchiligida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Kengash kotibiyati xodimlari, tuman adliya boʻlimi boshligʻi Sh.Sharipov hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman vakili N.Tursunov ishtirok etishdi.

🗂 Muhokama davomida:

▪️ navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarning qonuniyligi;

▪️ hududlarda deputatlar ishtirokida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda koʻtarilgan murojaatlarning huquqiy jihatlari;

▪️ kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlari;

▪️ mahallalarda aholi bilan uchrashuvlarni tizimli tashkil etish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

🤝 Tomonlar oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga huquqiy yechimlar topishda birgalikda samarali ishlashga kelishib oldilar.

Slide 1 of 5