Жаңалықлар

Yodgorlik atrofidagi obodonlashtirish ishlari nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan Taganberdiyev Galpak Arazdurdiyevich va Artikov Davron Omarbayevich Naymanko‘l OFY hududidagi urush qatnashchilari yodgorligi atrofida olib borilayotgan obodonlashtirish va ta’mirlash ishlarini joyiga chiqqan holda nazorat qildi.

O‘rganish davomida yodgorlik hududini tartibga keltirish, uning tashqi ko‘rinishini yaxshilash va obod muhit yaratishga qaratilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar sifatini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar va takliflar berildi.

🌿 Yodgorliklar — tarix va xotira ramzi. Ularni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir.

Slide 1 of 2