Жаңалықлар

Deputat va soha mutaxassislari mahallada

Deputat va soha mutaxassislari mahallada: Maqsad — qonuniy migratsiya va xavfsizlik

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Uralova hamda tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi xodimi hamkorligida "Mustaqillik" mahallasida uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida chet elga ishlashga ketayotgan va qaytib kelgan fuqarolar bilan suhbatlashildi. Ularga:

✅ Tashqi mehnat migratsiyasining huquqiy asoslari;

✅ Fuqarolik pasporti va ID-kartalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish;

✅ Mahalladagi xorijda yurgan hamyurtlarimizning oila a’zolaridan xabar olish masalalari muhokama qilindi.

Deputat va ichki ishlar xodimi hamkorligi — fuqarolar muammolarini joyida hal etishning samarali mexanizmidir.

Slide 1 of 2