Жаңалықлар

Umumta’lim maktabining sport anjonlari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga asosan tumanning “Aydarali” mahallasida joylashgan 31-sonli umumta’lim maktabining sport anjomlari bilan jihozlanish holatlari O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov tomonidan kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva hamda maktab rahbariyati ishtirokida o‘rganildi. 

🔷O‘rganish jarayonida mavjud jihozlarning holati hamda ulardan foydalanish samaradorligi, jumladan, sport zaldagi inventarlar, ochiq sport maydonchalari va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🔷Aniqlanishicha, maktabda asosiy sport anjomlari mavjud bo‘lsa-da, ayrim qismi yangilanishga muhtojligi kuzatilib, o‘quvchilarning sport bilan to‘liq shug‘ullanishiga ma’lum darajada to‘sqinlik qilinishi mumkinligi ta’kidlandi.

🔷O‘rganish yakunida mas’ullarga kamchiliklarni bartaraf etish, maktabni zarur sport anjomlari bilan qo‘shimcha ta’minlash va mavjud jihozlarni yangilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5