Жаңалықлар

13-son umumta’lim maktabida sport musobaqalari deputat va “Madad” NNT ishtirokida o’tkazildi. Yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish va sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida voleybol va tennis bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.

13-son umumta’lim maktabida yoshlar o’rtasida sportni ommalashtirish va sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida voleybol va tennis bo’yicha musobaqalar tashkil etildi. Mazkur tadbirda 8-Qalaychorbog’ saylov okrugi deputati R.Safarov, “MADAD” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi M.Fatullayev ishtirok etib, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishiga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Musobaqalar qizg’in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o’tdi. Ishtirokchilar o’z mahorat va jismoniy tayyorgarligini namoyon etib, sportga bo’lgan qiziqish va intilishlarini yanada mustahkamlashdi. Tadbir davomida yoshlar o’rtasida do’stona muhit yaratilib, jamoaviylik, hamjihatlik va sog’lom raqobat ruhi shakllandi.

Deputat va tashkilot vakillari tomonidan bunday tadbirlarni muntazam ravishda o’tkazib borish yoshlarni turli salbiy ta’sirlardan asrash, ularni jismonan sog’lom va ma’nan barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1