Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlik nazorati

O‘rganish jarayonida deputat tomonidan yoshlar uchun ajratilgan yer maydonlarida bo‘lib, ushbu yerlardan samarali va maqsadli foydalanish holati joyida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi Uchrashuv davomida yer maydonlaridan unumli foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish hamda yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan keng foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1