Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat I.Allayarov tomonidan Lalmikor mahallasidagi ta’mirga muhtoj ichki ko‘chalar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Faravon ko‘chasi qoniqarsiz holatda ekani hamda shag‘allashtirish va tartibga keltirish zarurligi aniqlandi.
Shuningdek, hudud aholisi tomonidan deputatga ichki ko‘chalarni shag‘allashtirish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.
Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik so'rovi yuborilishi belgilandi.