Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
📊 Yig‘ilish kun tartibida tumanda yoshlar muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Taxiatosh tumani Yoshlar ishlari bo‘limining hisoboti ko‘rib chiqildi.
📝 Hisobot davomida:
▪️ yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar
▪️ yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligi
▪️ mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha tahlil qilindi.
🤝 Komissiya a’zolari tomonidan yoshlar bandligini oshirish, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini kuchaytirish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.
📌 Muhokamalar yakunida ushbu masalani yanada kengroq ko‘rib chiqish maqsadida uni tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
📈 Bu kabi o‘rganish va tahlil ishlari yoshlar muammolarini tizimli hal etish va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.