Жаңалықлар

#Doimiy_kommissiya_yig'ilishi

Ayni vaqtda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, tegishli tashkilot mas’ullari hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi raisi I.Omanboyev ishtirok etmoqda.

Kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:

“Ayollar daftari”ni yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash holati;

“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta’minlash borasida shaharda olib borilayotgan ishlar hisoboti.

Yig‘ilish davomida soha mutasaddilarining axborotlari tinglanib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va istiqboldagi vazifalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Slide 1 of 4