🌱 Innovatsion loyiha bilan tanishuv
Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 14-Mutafakkir saylov okrugi deputati Xasanova Bibisara, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O.Raximova, M.Xodjayeva, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati S.Fayziyeva, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi vakillari M.Muratxanov, D.Mavlyanovalar 26-son umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan innovatsion loyiha bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur maktabda yomg‘ir suvlarini yig‘ish va undan samarali foydalanish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Yog‘in suvlari maxsus idishlarda to‘planib, filtrdan o‘tkazilgach, maktab hududidagi issiqxonada ekilgan o‘simliklarni sug‘orishda foydalanilmoqda.
🌿 Issiqxonada turli xil o‘simliklar yetishtirilmoqda. Ushbu amaliy jarayon orqali o‘quvchi yoshlarning ekologik bilimlari mustahkamlanib, ularni tabiat bilan uyg‘un holda ta’lim olishlari ta’minlanmoqda.
Deputatlar tomonidan ushbu loyiha alohida e’tirof etilib, bunday tashabbuslarni barcha ta’lim muassasalarida keng joriy etish zarurligi ta’kidlandi.
📌 Atrof-muhitni asrash va yoshlar ongida ekologik madaniyatni shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar doimo qo‘llab-quvvatlanadi!