#hashar_elga_yarashar
♻️ Mamlakatimizda 13-14-mart kunlari Umummilliy xayriya hashari deb eʼlon qilinishi munosabati bilan, joriy yilning 13-mart kuni Nurafshon shahar “Taraqqiyot” MFY hududida joylashgan 57- maktabda hashar tashkil etildi.
🔹Hashar davomida maktab hududi va atrofi tozalandi. Jamoa aʼzolari tomonidan manzarali daraxtlar ekilib, hudud bino inshootlarini ma'lum qismlari va daraxtlar oqlandi.
🔹Hasharda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati A. Tursunboyev, maktab direktori va jamoa a'zolari ishtirok etishdi.
🔹Maktabda o‘tkazilgan obodonlashtirish ishlari natijasida hudud ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shildi.
"Hashar-elga yarashar"— tadbiri “Taraqqiyot”MFYning barcha hududida davom etmoqda.