Unda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati O. Pardeyev hamda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar.
Seminar davomida:
turizm sohasini rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari;
mehmonxona xizmatlari sifatini oshirish;
hududning turizm salohiyatidan samarali foydalanish;
zamonaviy yondashuvlar va innovatsion yechimlar
kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Seminar yakunida o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.