35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Chinoz tumani. Maktablarda kutubxonalar faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Alimjon Adilbekov tumandagi Eshonobod hududida joylashgan 20-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasidagi kutubxonalar faoliyati va mavjud shart-sharoitlari bilan tanishib chiqdi.

📝O'rganish davomida deputat maktab kutubxonasining moddiy-texnik bazasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar, mavjud adabiyotlar fondi hamda ularning yangilanib borish jarayonini ko‘zdan kechirdi. 

📚Muloqot jarayonida maktab ma’muriyati va kutubxona xodimlari tomonidan mavjud muammolar, jumladan, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar fondini boyitish, yangi avlod darsliklari bilan ta’minlash hamda elektron kutubxona imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

📕Mazkur o'rganish yosh avlodning bilim olishi, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ta’lim tizimida samaradorlikni oshirish yo‘lidagi amaliy ishlarning uzviy davomi sifatida e’tirof etildi.

Slide 1 of 1