Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
MUROJAAT VA IJRO — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar
янв.21
Oltinsoydagi “Mulloli” ko‘chasi qachon ta’mirlanadi? Deputat aholi muammosini ko‘tarib chiqdi
янв.21
Suv — hayot manbai: “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonun nima uchun muhim?
янв.21
Yer — bebaho boylik: “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonun nima uchun muhim?
янв.21
Oltinsoy tumanida Kengash kotibiyati mudiri Sh.Boyqulovning kunlik Ish rejasi asosida "Ekraz" mahallasida nazorat-tahlil tadbirlari davom ettirildi
янв.21
Oltinsoy tumanining "Bo‘ston” hamda "Chep"mahallasida olib borilgan o'rganishlar davomida infratuzilma loyihalarining bajarilish holati o'rganildi
янв.21
MUROJAAT VA IJRO — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sherpo‘lat Boyqulovning kunlik Ish rejasiga muvofiq, 35-Qorliq saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Jamshid Pardayevning saylov okrugiga tegishli Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” hamda "Chep" mahallalarida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi
"Kelajak uchun xorijiy til" - Kelajakni birga barpo qilamiz!

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyat mudiri Davronbek Raxmatullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidjon Shopotixov tomonidan hududdagi 191-sonli umumta’lim maktabida xorijiy tillarni o‘qitish jarayonlari joyiga chiqib kuzatildi. O‘rganish jarayonida dars mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, o‘quvchilarning xorijiy tillarni o‘zlashtirish darajasi, zamonaviy o‘qitish metodlaridan foydalanish holati hamda o‘quv-uslubiy ta’minot masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati va xorijiy til o‘qituvchilari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Dars jarayonlarida interfaol usullar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

️O‘rganish yakunida xorijiy tillarni o‘qitish samaradorligini oshirish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga takliflar kiritilishi belgilandi.

Slide 1 of 4