Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq, ta’lim sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim mablag‘ ajratildi.
🎓 55 mln so‘m mablag‘ Ishtixon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga yo‘naltirilib, 2024–2025 o‘quv yilida namunali faoliyat ko‘rsatgan o‘qituvchilar va o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun sarflanadi.
✅ Bu qaror orqali qanday natijaga erishiladi?
🔹 O‘qituvchilarning mehnati munosib qadrlanadi;
🔹 Iqtidorli va bilimli o‘quvchilar qo‘llab-quvvatlanadi;
🔹 Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi;
🔹 Yoshlar orasida bilim olishga qiziqish kuchayadi.
Kengash qarorlari orqali ajratilayotgan mablag‘lar bevosita ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
📌 Qaror sanasi va raqami: 2026-yil 2-aprel, VII-20-25-7-95-K/26 (https://kengash.gov.uz/doc/249241)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)