Aprel oyida Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini hal etish va olib borilayotgan islohotlar ijrosini ta’minlashga qaratilgan qator muhim masalalar ko‘rib chiqiladi.
🔹 Jumladan, tuman hokimi o‘rinbosarlarining mahallalar kesimida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hisobotlari eshitiladi:
– “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” dasturi hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ijrosi;
– ichimlik suvi, elektr energiyasi, issiq suv ta’minoti va energiya samaradorligini oshirish ishlari;
– tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti holati;
– kanalizatsiya tizimini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
– kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ayniqsa ijtimoiy soha obyektlaridagi holat;
– avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlari;
– bandlikni ta’minlash va ishsizlikni kamaytirish choralari;
– bozorlar va narx-navolar barqarorligi;
– sog‘liqni saqlash tizimi, tez tibbiy yordam va bepul tibbiy xizmatlar sifati;
– maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish;
– xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish;
– qonunlar va Kengash qarorlarining ijrosi.
🔹 Shuningdek:
– tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan mahalliy byudjet ijrosi va qo‘shimcha daromad manbalari yuzasidan hisobot;
– suv resurslarini boshqarish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati;
– ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi ishlar;
– deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish masalalari muhokama qilinadi.
🌱 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, iqlim o‘zgarishining oldini olish hamda suv resurslaridan samarali foydalanish ustidan qat’iy nazorat davom ettiriladi.
📝 Bundan tashqari:
– sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyalarda dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi;
– saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi;
– amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan OAVda materiallar e’lon qilinadi.
📊 Aprel oyi davomida Kengash faoliyati ochiqlik, shaffoflik va aholi manfaatlarini ta’minlash tamoyillari asosida olib boriladi.