Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashining 13-sessiya yigʻilishi oldidan doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda 5 ta masala muhokama qilinib, sessiya kun tartibiga kiritildi.
янв.21
Oltinko‘l tumani hokimi, Kengash deputati O. Rasulov 36-umumta’lim maktabida “Oqtepa” va “Bo‘ston” mahallalaridagi ishsiz yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Uchrashuv davomida yoshlarni ish bilan ta’minlash, kasbga yo‘naltirish va bandlik masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Олтинкўл тумани халқ депутатлари кенгашининг котибият мудири У.Холматов ишсиз ёшлар билан учрашувлар ўтказиб, 1нафар ёшни ишга жойлаштирди.
янв.21
Ёшлар тарбияси ва жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Жиноятчиликка қарши кураш маҳалладан бошланади
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президенти томонидан белгиланган “Ўзбекистон – 2030” стратегиясини ҳаётга изчил татбиқ этиш
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
“Yashil makon” – sog‘lom hayot garovi

 🔹Keng ko‘lamli islohotlarning eng muhim vazifalaridan biri ham inson hayoti va farovonligini oshirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-oktabrdagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi”, 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq “Yashil makon” umummilliy loyihasi dasturlari hayotga jadallik bilan tadbiq etib kelinayapti. Uchko‘prik tumanining barcha hududlarida ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, yashil maydonlarni kengaytirish borasida umummilliy loyiha doirasida muhim qadamlar qo‘yildi. “Yashil makon” umummiliy loyihasi doirasida ko‘rgazmali seminar tashkil etilgan kunning o‘zidayoq 5 ming tup mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi. 

🔹Har bir hududda tuman Kengashi deputatlari, davlat xizmatchilari va faollar ishtirokida turli mevali, manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil maydonlar soni ortib bormoqda. Tashabbuskor tumandoshlarimiz ham atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, hududlarni bog‘-u bo‘stonga aylantirishga munosib hissa qo‘shmoqda. 

🔹Hozirda barcha qishloqlarda daraxt ekish bo‘yicha amal oshirilgan chora-tadbirlar bilan birga har yili kuz va bahor oylarida ekiladigan daraxtlar parvarishiga, ularning keyingi taqdiriga ham alohida e’tibor qaratilishi belgilandi. Loyiha doirasida tumanni qulay, ekologik toza va yashash uchun barcha imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hududga aylantirish hamda ko‘kalamzorlashtirish darajasini yanada yaxshilash maqsadida mahalliy
kengash dputatlari, ko‘plab tashkilotlar, mahallalar, umuman, keng jamoatchilik bu savobli ishga hissa qo‘shish uchun astoydil sa’y-harakat qildilar. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati 

   

Slide 1 of 1