Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Axoli bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Маҳалла муаммолари депутат назоратида
янв.21
Xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Xolmatov hamda Erkin saylov okrugi deputati Sh.Mamadaliyeva Erkin, Maqsad, Ittifoq mahallalariga borib aholi bilan uchrashib, muammolarni oʻrganishdi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг ўнинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi

Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati I.Narizova, Xalq deputatlari Navbahor tuman kengashi deputati Z.Jiyanova, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Navbahor tuman kengashi raisi M.Boʻtayeva, shuningdek, viloyat partiya kengashi masʼullari ishtirokida Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasi yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputatlar va partiya faollari mahalla hududida joylashgan bir qator ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlarini amalga oshirdilar. Jumladan, 19- va 25-sonli umumta’lim maktablarida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rganishdi. Maktablarda isitish tizimlari, o‘quv xonalari holati, o‘quvchilarga yaratilgan sharoitlar, darslik va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik darajasi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muammoli masalalar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berildi.

Shu bilan bir qatorda, mahalladagi oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi. Deputatlar tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashib, dori vositalari bilan ta’minot, sanitariya holati va aholining murojaatlari bo‘yicha fikr almashdilar.

Tashrif davomida mahalla yettiligi, xotin-qizlar faollari, nuroniylar va yoshlar vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, hududdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputatlar tomonidan qayd etilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Mazkur uchrashuv va o‘rganish ishlari Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining “Inson manfaatlari – oliy qadriyat” tamoyili asosida tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi aholining ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini topishdan iborat bo‘ldi.

Slide 1 of 4