Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari G.To'xtanazarova va Sh.Abdullayevalar tomonidan, Aholiga tez tibbiy yordam etkazish holati hamda bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta'minlash holatini joyida o'rganib tegishli tavsiyalar berildi.
O'rganish jarayonida 25-sonli oilaviy poliklinikaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko'zdan kechirildi.
Jumladan deputatlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yii 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora - tadbirlar to‘g’'risida” gi PF-71-son Farmoni yuzasidan tushunchalar ham berildi.