Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Qonunchilik palatasi deputatlarining o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Oltinko‘l tumanida Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
"Ёшларнинг сиёсий-ҳуқуқий билим ва кўникмаларини юксалтириш"
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл туман кенгашининг сессия олди доимий комиссия йиғилиши ўтказилди.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashining to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tumani Kengashining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashi deputatlari мahalla еttiligi bilan birga kambag‘alikdan chiqarish va migratsiya bo‘yicha profilaktik ishlar olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko'l tuman Kengashining birinchi sessiyasi o'tkazildi
янв.21
"ENG YaXShI IJTIMOIY TAShABBUS" respublika ko‘rik tanlovining Andijon viloyati bosqichi tantanali ravishda o‘tkazildi.
Munosabat

Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban “Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida”gi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Bu muhim hujjat ikki davlat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, ta’lim, xavfsizlik va madaniy sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni izchil rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ta’lim sohasida chuqur integratsiya

Muzokaralarda ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Jumladan, “Stipendium Hungaricum” dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Hozirda ushbu dastur orqali yuzlab o‘zbekistonlik talabalar Vengriya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Shuningdek, tomonlar ikki davlatda o‘zaro tan olinadigan diplomlar tizimini joriy etish, shuningdek Vengriya universitetlarining O‘zbekistondagi filiallarini ochish masalalarini muhokama qildilar. Bu tashabbuslar yoshlar salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy bilimlarni egallagan kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘ladi.

Yana bir muhim voqea — joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazish taklifi bildirildi. Forum oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik platformasiga aylanishi kutilmoqda.

Mintaqaviy xavfsizlik va global tahdidlarga qarshi hamkorlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Jumladan, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va narkotiklarning noqonuniy aylanmasi kabi global tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishdagi kelishuvlarni amaliyotga joriy etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarga qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash topshirildi. Hujjatda ustuvor vazifalar, mas’ul tomonlar va muddatlar aniq ko‘rsatib o‘tiladi.

Yangi bosqichdagi hamkorlik asoslari

Budapeshtda imzolangan deklaratsiya O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarga yangi siyosiy va institutsional asos yaratdi. Endilikda tomonlar nafaqat iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, balki xalqaro maydonda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda. Bu hamkorlik ikki davlat uchun o‘zaro manfaatli bo‘lib, Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi barqarorlik, xavfsizlik va taraqqiyotning muhim ustuniga aylanadi.

Muxsiddin Nizomiddinov:

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati