Fuqarolar muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida xalq deputatlari shahar Kengashi deputati S.Xodjayevaning Termiz shahar “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari raisligida 26-may kuni mahalliy "Sanoatni rivojlantirish boʻyicha kelgusidagi ustuvor vazifalar" yuzasidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishi tafsilotlari va unda belgilangan eng ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirilib O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan KQ-35-sonli qarorida belgilangan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘ngida mahalla fuqarolari tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.