Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining navbatdan tashshqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltinko‘l tuman Kengashining 11-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонунлар тарғиботи олиб борилди.
янв.21
Pedagoglarning huquqiy ongi va madaniyati oshirilmoqda
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Axoli bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Маҳалла муаммолари депутат назоратида
янв.21
Xalq deputatlari Oltinkoʻl tuman Kengashi kotibiyat mudiri U.Xolmatov hamda Erkin saylov okrugi deputati Sh.Mamadaliyeva Erkin, Maqsad, Ittifoq mahallalariga borib aholi bilan uchrashib, muammolarni oʻrganishdi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralari belgilandi.
янв.21
Халқ депутатлари Олтинкўл тумани Кенгашининг ўнинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi
Munosabat

 Munosabat 

 Prezident Shavkat
Mirziyoev raisligida joriy yilning 26-may kuni mahalliy sanoatni
rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor
yig‘ilishi o‘tkazildi.
  

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida bugungi tahlikali va
noaniqliklarga to‘la sharoitda har bir mamlakat, avvalo, eng ko‘pish
o‘rinlari yaratadigan sohalarni himoyalash choralarini ko‘rayotganini
ta’kidladi.
  

Shu munosabat bilan, tashqi bozordagi
tebranishlar sharoitida 1 millionga yaqin aholi ishlayotgan to‘qimachilik, qurilish materiallari,
mebelsozlikni
qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyotimizning yana bir
“drayveri” bo‘lishi kutilayotgan zargarlik sanoatiga
yangi sur’at bag‘ishlash muhimdir.
  

O‘tgan 4 oyda sanoat 6,3 foizga o‘sib, 290
trillion so‘mga yetdi.
  

“Bu – hozirgi murakkab
sharoitda o‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasi. Lekin 29 ta tumanda ishlab
chiqarish 4,5 trillion so‘mga kamaygan. Bu kichkina raqamlar emas”, deya
ta’kidlandi.
  

Milliy
brendlarni
ko‘paytirish,
mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha ham yangi tizim joriy
qilinishi belgilandi.
  

Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash
kompaniyasi tashkil qilinadi. Ushbu kompaniya:
  

- xorijdan brend-menejer, dizayner,
marketolog, piar-menejerlarni olib keladi;
  

- xalqaro sertifikati bor, sifati yuqori
va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab
oladi;  

- ularga sifat belgisini berib, brendini
dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi.
  

2024-yilda zargarlikda ishlab chiqarish 200 million dollardan oshdi, eksport 17 foizga o‘sib, 92 million dollarga
yetdi
.
  

Shu bilan birga, mamlakatimizda yiliga 100
tonnadan ziyod oltin qazib olinayotgani bilan imkoniyatlarning o‘ndan
biri
ham ishga solinmayotgani qayd etildi.
  

Sohada “xufiyona”
iqtisodiyot ulushi yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi
. Yiliga 550-600 million dollarlik buyumlar norasmiy
tilla bozorlarida aylanmoqda
. Yoki, mustaqil izlovchilar 2020-yilda 40
kilogramm oltin topshirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu 100 karra kamaygan.
  

Yig‘ilishda sohani “soya”dan chiqarish
uchun yakka tadbirkorlarga ham tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat
berish,
zargarlikda milliy brend yaratish uchun
xorijdan dizayner, texnolog, qimmatbaho toshlar bilan ishlaydigan gemmologlarni
olib kelish xarajatining bir qismini qoplash bo‘yicha takliflar bildirildi
.  

Endilikda zargarlar ham
yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin
bo‘ladi.
  

Joylardagi norasmiy
zargarlik rastalari zamonaviy ko‘rinishga keltirilib, ularning faoliyati
qonuniylashtiriladi.
  

Aholi soni o‘sishi,
urbanizatsiya jarayoni qurilish materiallariga bo‘lgan talabni oshirmoqda.
  

Endilikda, developerlarga
aylanma mablag‘ uchun kredit ajratishda mahalliy qurilish materialiga
ustuvorlik beradigan tizim
joriy qilinadi. Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan
mutasaddilar va tadbirkorlarning takliflari eshitildi.
  

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi raisi X.Bozorov