15-may - “Xalqaro oila kuni”ni keng nishonlash hamda “Farovon oila sari” oyligi doirasida 16-may kuni Mirobod tumanidagi 3-sonli Madaniyat markazida bayram tadbiri tashkil qilindi. Shuningdek tadbir davomida, tumanda istiqomat qilayotgan, farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 8 nafar oilalarga ko‘krak nishonlari Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi A.Sayfutdinov, tuman prokurori B.Abdullayevlar tomonidan tantanali ravishda topshirildi.