HAMKORLIK: “JUMA ELEVATOR” AJ FAOLIYATI O‘RGANILDI
📋 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi amaliy hamkorlik doirasida deputat D.Mardonova tomonidan “Juma Elevator” AJ faoliyati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida korxonaning faoliyat yo‘nalishlari, mavjud sharoitlar, mehnat jamoasi uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ish jarayonining tashkil etilishiga e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, korxona faoliyatida qonuniylik va mehnat intizomiga rioya etish, xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash hamda mavjud masalalarni hamkorlikda hal etish muhimligi qayd etildi.
📌 Doimiy komissiya va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi bunday amaliy hamkorlik hududdagi tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.