35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Chilonzor tumanida aholi bilan bevosita muloqot qilish, mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan bartaraf etish borasida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Bugun Prezidentimizning Chilonzor tumanidagi Xalq qabulxonasida tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish,
kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K.Xamrayevning fuqarolar uchun qabuli o‘tkazildi.

Qabulda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengash kotibiyat mudiri Murotova Lola Ne’matjon qizi xam ishtirok etdi.
📊Qabul davomida fuqarolardan uy atrofidagi bolalar maydonchasini ta’mirlash, ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklarini ta’mirlash xamda boshqaruv kompaniyalarining har chorakda hisobot berishlari yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.
📝 Murojjatlar kotibiyat mudiri tomonidan ro‘yxatga olinib, deputatlar tmonidan nazoratga olinishi yuzasidan choralar belgilandi.

Bu kabi uchrashuvlar aholi farovonligini oshirish va hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni ijobiy hal etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2