35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

AHOLI SALOMATLIGI — E’TIBOR MARKAZIDA

Tashrif davomida tibbiyot muassasasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, yaratilayotgan sharoitlar hamda obyektning belgilangan talablar asosida barpo etilishi bilan bog‘liq masalalar ko‘zdan kechirildi.
Kengash raisi qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, muassasada aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishi muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, qurilish jarayonida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur tibbiyot muassasasining foydalanishga topshirilishi Birlashgan mahallasi aholisi, ayniqsa, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga birlamchi tibbiy yordamni yana-da yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Inson salomatligi — eng oliy qadriyat. Aholiga munosib tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilayotgan har bir sharoit xalq farovonligiga qaratilgan muhim qadamdir.

Slide 1 of 3