Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov, O'zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi M.Umarovalar tomonidan "Xalqobod" MFY hududidagi 38-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
🏢O‘rganish davomida binoning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining texnik holati, qozonxonaning faoliyati hamda bino va inshootlarning umumiy holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🏫Mavsum davomida ta’lim muassasasida barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!