YUKSAK MUKOFOT MUBORAK BO‘LSIN!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xalqimiz farovonligi, mahalla ravnaqi va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi, fidokorona mehnati uchun Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 3-“Qamarniso” saylov okrugi deputati Mamajanov Ibaydullo Ibroximovich “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
🎖 Ushbu yuksak davlat mukofoti Ibaydullo Ibroximovichning ko‘p yillik samarali mehnati, jamoatchilik faoliyati hamda mahalla hayotidagi faol ishtirokining munosib e’tirofidir.
⚡️Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi nomidan Ibaydullo Ibroximovichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!
🌟 Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar hamda xalqimiz manfaatlari yo‘lidagi sharafli ishlarida yangi zafarlar tilaymiz!
🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!