35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI — TARAQQIYOT VA YANGI MARRALAR SARI!
янв.21
PIROVARD MAQSADIMIZ — AHOLI ROZILIGIGA ERISHISH
янв.21
“XASITMOM” MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
янв.21
SHON-SHUHRAT MFY HUDUDIDA OBODONLASHTIRISH VA SANITARIYA ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
янв.21
NOBANK KREDIT TASHKILOTLARI VA MIKROMOLIYALASHTIRISH FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
янв.21
MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI JAMOASI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
Mustaqillik bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari kuchaytirilmoqda
янв.21
OLTINSOY MFY HUDUDIDA YO‘LLAR TA’MIRLANMOQDA
янв.21
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi Qonun haqida
янв.21
CHUSTIY MFY HUDUDIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI DEPUTAT ARALASHUVI NATIJASIDA JORIY TA’MIRLANDI
Kotib

Mustaqillik bayrami oldidan xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Oydin Daniyarxodjayeva tomonidan saylov okrugi hududidagi ijtimoiy masalalar, aholi bilan ishlash holati o‘rganildi.

Deputat “Sarbon” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 24 ta savolnoma asosida “mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi. O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, xonadonlarning ijtimoiy holatini o‘rganish, yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, muammoli oilalarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, yoshlar va xotin-qizlar bilan tizimli ishlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Deputat “mahalla yettiligi” a’zolari bilan muloqot jarayonida hududda mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdi. Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirdi.

Slide 1 of 3