🌿 YUQORI BESHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA OBODONLASHTIRISH VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi hamda “Yuqori Beshqo‘rg‘on” MFY raisi ishtirokida mahalla hududidagi obodonlashtirish, sanitariya-tozalik va ko‘kalamzorlashtirish holatini o‘rganish bo‘yicha joyiga chiqqan holda monitoring ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar, yo‘l yoqalari, yashil hududlar va umumiy foydalanishdagi maydonlarning holatiga alohida e’tibor qaratildi.
📍Hududda ayrim joylarda shox-shabba, qurigan o‘t-o‘lan va turli chiqindilarning to‘planib qolganligi, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini yanada tizimli tashkil etish zarurati qayd etildi.
🌱 Mahallada yashil hududlarni saqlash, daraxt va butalarni parvarishlash, hududning sanitariya holatini yaxshilash hamda aholiga qulay va obod muhit yaratish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan tegishli fikr almashildi.
📞 Aniqlangan masalalarni tezkor bartaraf etish maqsadida Kengash raisi tomonidan mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan telefon orqali bog‘lanilib, muzokaralar olib borildi. Mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, to‘planib qolgan chiqindilar va shox-shabbalarni olib chiqish hamda hududni tartibga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.
🤝 Shuningdek, mahalla raisiga hududdagi obodonlashtirish va sanitariya holatini doimiy nazorat qilib borish, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga o‘z vaqtida murojaat qilish hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
📌 Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva tomonidan aniqlangan masalalarning ijrosi nazoratga olinib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettirish belgilandi.
🍃Mahallalarda obodlik, tozalik va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil tashkil etish, avvalo, aholi uchun qulay, xavfsiz va sog‘lom yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.